Fekir "Chelsi"ga o‘tishi mumkin
Frantsiyaning "Lion" klubi yarim himoyachisi Nabil Fekir hamon "Chelsi"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra frantsiyalik futbolchining "Stemford Brij"ga kelishini shaxsan “aristokratlar” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri qo‘llab-quvvatlamoqda. Transfermarkt talqini bo‘yicha Fekirning transferi 70 million evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Fekir joriy mavsum “Lion” safida 16ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar