Fellayni: "Siti"dan judayam ortda qoldik demagan bo‘lardim, ular ham yutqazishadi

  • 24 noyabr, 2018, 16:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Maruan Fellayni jamoasining APL peshqadami “Manchester Siti”dan ancha ortda qolib ketayotgani haqidaga savolga javob qaytardi.

Tecno

“Manchester Siti” hali yutqazadi. Ular yaxshi o‘ynashyapti, tarkibi ham ajoyib, lekin ularni ham mag‘lub etsa bo‘ladi. Ha, biz ularga yutqazdik. Ammo, “Old Trafford”da nimalar bo‘lishini hali ko‘ramiz.

“Siti”da o‘ziga bo‘lgan ishonch juda yuqori, ular hujumkor futbol namoyish etishmoqda. Ular yaxshi formaga kelib oldidar. Biroq, oldinda nimalar bo‘lishini ko‘ramiz. Jadvalda ulardan judayam ortda qolib ketdik demagan bo‘lardim.

Yodimda, Angliyaga kelgan paytimda kuchli to‘rtlik degan tushuncha bo‘lardi. Hozir bu kuchli oltilikka aylangan. Chempionat yildan-yilga qiyinlashib bormoqda”, - deydi belgiyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!