
Florentino Peres "Real"ga kimni olib kelishini aytib o‘tdi
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres jamoa transfer siyosati haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Albatta, futboldagi "ob-havo" o‘zgarganganini tushunib turibman. Yangi qoidalarni qabul qilishmiz va ularga ko‘ra ish yuritishimiz darkor.
"Qirollik klubi" yoshlar jamoasiga ham e’tiborimizni kuchaytirishimiz lozim. Ushbu yoshlar bizning rivojlanishimizning garovidir.
Bir necha kun oldin ta’kidlab o‘tganimdek, kelajakda kuchli va qobiliyatli futbolchilarni olib kelamiz. Xabaringiz bor, Odriosola va Vinisius bilan biz shartnoma imzoladik. Biz o‘z kelajagimizni yoshlar qo‘liga topshiramiz. Shu sababdan ham "Real" qobiliyatli va yosh futbolchilarni izlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan, - deya Peresning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca nashri.
Fikrlar