
Florentino Peres qishda "Real"ning transfer rekordini yangilashga tayyor
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres jamoaning transfer rekordini yangilashga tayyor.
Daily Express nashri tarqatgan xabarga qaraganda “qirollik klubi” rahbari qishki transferlar davrida "Manchester Siti" hujumchisi Raxim Sterlingni sotib olishga va buning uchun 130 million evro sarflashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, “Real”ning transfer rekordi Garet Beylga tegishli. Madridliklar uelslik futbolchini 2013 yil “Tottenxem”dan 100 million evroga sotib olishgan edi.
Fikrlar