
Floyd Meyvezer qachon faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer ESPN kanaliga bergan intervyusida qachon faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi. Pound-for-pound sobiq etakchisining so‘zlariga ko‘ra, uning keyingi janggi faoliyatidagi so‘nggisi bo‘ladi.
– Yo‘q. Etadi. Hech qanday Alvares bilan Golovkin bo‘lmaydi! Men El Xeymonga qo‘l berib, Makgregor bilan bo‘ladigan jangdan so‘ng faoliyatimni yakunlashimni aytdim Men bu va’damni bajaraman.Men Menni Pakyao bilan jangdagi harakatlarim uchun muxlislardan qarzdorman. Ammo Konor Makgregor bilan to‘qnashuvda ular xursand bo‘lishadi, – deydi Floyd.
Eslatib o‘tamiz, Meyvezer - Makgregor jangi 27 avgust kuni (Toshkent vaqti bilan), Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar