Fotoreportaj: O‘zbekiston — Daniya U-23

  • 23 yanvar, 2017, 10:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

BAAning Dubay shahrida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi kecha, 22 yanvar kuni Daniya U-23 termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.

Dubaydagi The Sevens stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston termasi 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘yinning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi.

Ikkinchi taymda Jamshid Iskanderov hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yin yakunlanishiga 10 daqiqa qolganida daniyaliklar ketma-ket ikkita to‘p kiritdi. O‘FF matbuot xizmati mazkur uchrashuvdan suratlarni taqdim qildi. 

Eslatib o‘tamiz, yig‘in doirasida O‘zbekiston termasi bugun Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da start olishi rejalashtirilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!