Futzalchilarimizning Tojikiston terma jamoasiga qarshi tarkibi ma’lum bo‘ldi

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 5–6 avgust kunlari Tojikiston termasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. O‘rtoqlik o‘yinlari Tojikistonning Xo‘jand shahrida bo‘lib o‘tadi.

O‘FA matbuot xizmatining xabar tarqatishicha, terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov Tojikistonga bo‘ladigan o‘yinlar uchun quyidagi futzalchilarga ishonch bildirgan.

Darvozabonlar: Rustam Umarov, Akmal Xazratqulov.

O‘yinchilar: Feruz Faxriddinov, Alisher Ibragimov, Timur Berdiev, Anasxon Rahmatov, Ilhom Xamroev, Mashrab Odilov, Timur Sadirov, Akbar Usmonov, Islom Bituraev, Ixtiyor Ropiev, Xushnur Erkinov, Alan Aminov, Husniddin Nishonov, Botir Rizaev.

Terma jamoamiz ayni paytda Tojikistonga yo‘l olgan. Shuningdek, bo‘lajak o‘yinlar O‘zbekiston futzal termasi uchun Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida yopiq inshootlarda bo‘lib o‘tadigan 2017 yilgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik vazifasini o‘tashi ta’kidlanmoqda.

Ma’lumot uchun, Ashxoboddagi Osiyo o‘yinlari shu yilning 17–27 sentyabr kunlari o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!