Fyuri - Uaylder revansh jangi bahorda o‘tkazilishi mumkin

  • 10.12.2018 13:36
  • 0
  • Boks

Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri promouteri Frenk Uorrenning so‘zlariga ko‘ra, Deontey Uaylder bilan revansh jang borasidagi muzokaralar kelasi hafta boshlanadi. Uning fikricha, jang 2019 yil yuahorida tashkil qilinadi.

Biz revansh jang haqidagi muzokaralarni kelasi hafta boshlaymiz. Fyuri deyarli bir yil shug‘ullandi va yangi yil oldidan dam olishga haqli. Hozir biz revansh jang Buyuk Britaniyada o‘tkazilishi uchun barcha takliflarni bildiramiz, – deydi Uorren.

O‘ylaymanki, revansh jangni 2019 yil bahorida Buyuk Britaniyadagi stadionlardan birida tashkil qilamiz. Agar o‘xshamasa, Tayson Fyuri Las-Vegasga borishga tayyor. Entoni Joshua bilan taqnashuv? Bu ajoyib bo‘ladi. Tayson uning ortidan bormoqda, u hech qaerga qocha olmaydi, — deydi Frenk Uorren BoxingScene nashriga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!