
Gadoevning goli jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qola olmadi
Bugun Janubiy Koreyada nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan – K Liga-2 da 13-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Hamyurtimiz Shoxrux Gadoev faoliyat olib boradigan “Tedjon Sitizen” klubi safarda “Seongnam” jamoasi bilan kuch sinashdi.
Gollarga boy tarzda kechgan bellashuvda mezbonlar 4:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. E’tiborlisi, “Tedjon”ning dastlabki goliga aynan hamyurtimiz mualliflik qildi. Bu uning mavsumdagi beshinchi goli bo‘ldi.
Bugungi natijadan so‘ng “Tedjon Sitizen”ning ochkolari soni 16 taligicha qoldi va jamoa 6-o‘ringa tushib ketdi.
K Liga-2. 13-tur
“Seongnam” – “Tedjon Sitizen” 4:2
Gollar: Yon Je Un (6), Mun Sang Yun (47), Muralya (60), Yun Sun Min (67) – Shoxrux Gadoev (22), Kitsu (87).
Fikrlar