
Garet Beyl agentsiz qoldi
“Real” klubi yarim himoyachisi Garet Beylning agenti litsenziyasidan mahrum qilindi.
Devid Manassex faoliyati 16 yoshga to‘lmagan futbolchi bilan shartnoma imzolashga harakat qilgani uchun to‘xtatilgan. Mehnat qonunchiligiga ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan o‘yinchilar bilan faqatgina 1 yanvardan so‘ng kelishuv imzolanishi mumkin.
Manassex shuningdek, himoyachi Lyuk Shou va darvozabon Jordan Pikfordning ham agenti hisoblanadi.
Fikrlar