
Germaniya termasining Konfederatsiyalar kubogi uchun tarkibi ma’lum bo‘ldi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Konfederatsiyalar kubogi uchun yakuniy qaydnomani e’lon qildi. Mazkur qaydnomadan 22 futbolchi o‘rin olgan.
E’tiborlisi, kengaytirilgan tarkibga kiritilgan “Manchester Siti” yarim himoyachisi Leroy Sanega esa 22 talik tarkibdan o‘rin tegmaganini aytish joiz.
Avvalroq, Avstraliya xamda Chili termalarining yakuniy tarkibi e’lon qilingan edi.
Germaniya terma jamoasining Konfederatsiyalar kubogi-2017 da ishtirok etadigan tarkibi
Darvozabonlar: Berndt Leno («Bayer»), Mark-Andre ter Shtegen («Barselona»), Kevin Trapp («PSJ»).
Himoyachilar: Mattias Ginter («Borussiya» D), Yonas Xektor («Kyoln»), Bendjamin Xenrixs («Bayer»), Djoshua Kimmix («Bavariya»), Shkodran Mustafi («Arsenal»), Marvin Plattenxardt («Gerta»), Antonio Ryudiger («Roma»), Niklas Zyule («Xoffenxaym»).
Yarim himoyachilar: Emre Djan («Liverpul»), Kerem Demirbay («Xoffenxaym»), Diego Demme («RB Leyptsig»), Yulian Draksler («PSJ»), Leon Goretska («Shalke»), Sebastyan Rudi («Xoffenxaym»), Lars Shtindl («Borussiya» M).
Hujumchilar: Yulian Brandt («Bayer»), Sandro Vagner («Xoffenxaym»), Timo Verner («RB Leyptsig»), Amin Yunes («Ayaks»).
-
Jahondagi eng qimmatbaho darvozabon haqida nimalarni bilasiz?
-
Futbol tarixida eng ko‘p sovrin yutgan 8 futbolchi
Fikrlar