
Gimnastikachilarimiz Germaniyadagi musobaqada ishtirok etishmoqda
Ayni kunlarda Germaniyaning Kotbus shahrida sport gimnastika bo‘yicha navbatdagi yirik musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. E’tiborlisi, ushbu turnirda terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etishadi.
Xalqaro gimnastika federatsiyasi berayotgan ma’lumotga ko‘ra, turnirda terma jamoamiz sharafini 2 O‘zbekiston vakili himoya qilishadi. Tayanib sakrash bahslarida afsonaviy Oksana Chusovitina o‘z imkoniyatlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazsa, yana bir yosh iste’dodli vakilamiz Sabina Turobova bir necha yo‘nalishlarda o‘z mahoratini namoyish etadi.
Relgamentga ko‘ra, bugun musobaqaning dastlabki saralash bahslari bo‘lib o‘tishi belgilab qo‘yilgan. Bo‘lajak turnirda terma jamoamiz vakillariga omad tilaymiz.
Fikrlar