Golovin PSJga qarshi Superkubok bahsida "Monako"ga yordam bera olmaydi
Rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovin PSJga qarshi bo‘lib o‘tadigan Frantsiya Superkubogi bahsida “Monako”ga yordam bera olmaydi. Bu haqda frantsuz nashrlari xabar bermoqda.
Gap shundaki, 22 yoshli futbolchi monakoliklar safida mashg‘luotlarni faqatgina kelgusi haftadan boshlaydi. Ungacha esa uning TsSKAdan “Monako”ga transfer masalasi hal etiladi. Uning “Monako”ga o‘tishi deyarli 99 foizga aniq bo‘lib ulgurgan bo‘lsada, hozircha rasman shartnoma imzolanmagan.
Eslatib o‘tamiz, “Monako” Golovin uchun TsSKAga 30 mln evro to‘laydi. PSJ – “Monako” o‘yini esa 4 avgust kuni Xitoyda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar