
Gvardiola: Mavsumni 100 ochko bilan yakunlamoqchimiz
“Manchester Siti” jamoasi bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Brayton”ga qarshi (3:1) o‘yindan keyin mavsumni 100 ochko bilan yakunlash istagi bor ekanini yashirmadi.
“90-yillardagi “MYu”, 80-yillardagi “Liverpul” bilan bir qatorda turish uchun ko‘p sovrinlar yutish kerakligiga qo‘shilaman. Lekin raqamlarga keladigan bo‘lsak, “Manchester Siti”ga teng keladigani yo‘q. Shu sababli ham xursandmiz.
97 ochko – bu ko‘p g‘alaba va ko‘p gollar demakdir. Mavsumni a’lo darajada o‘tkazdik. Yanada yorqinroq natijaga erishish uchun mavsumni 100 ochko bilan yakunlamoqchimiz. Bu ideal ko‘rsatkich bo‘lardi”, – dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar