Hasanboy Do‘cmatov: Bir paytlar uchinchi o‘rinni orzu qilardik

  • 5 sentabr, 2017, 12:40
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha boks bo‘yicha Germaniyada o‘tgan jahon chempionatidan sportchilarimiz qaytib kelishdi.

Tecno

Mazkur jahon chempionatida 49 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritgan Hasanboy Do‘smatov turnir haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Jahon chempionatiga hamma sovrindor bo‘lish uchun keladi, biroq bu oson emas. Bu yilgi jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdim. Bundan xursandman. O‘ylaymanki, xalqimiz ham shunday. Xudo xohlasa, keyingi musobaqalarda yanada kattaroq natijalarni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

– To‘g‘risini aytsam, bir paytlar uchinchi o‘rinni orzu qilardik. Mana finalgacha etib keldik. Sportda kimdir engiladi va kimdir yutishi kerak. Nima bo‘lganda ham ruhiy tushkunlikka tushmaslik darkor. Biz endi ortda yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida murabbiy bilan ishlaymiz va keyingi natijalarni yaxshilaymiz.

– Professional boksga o‘tish? To‘g‘risi, bu haqda hali o‘ylab ko‘rganim yo‘q. Bor e’tiborni oldindagi musobaqalarga qaratgan edik, – deydi Hasanboy Do‘smatov.

Eslatib o‘tamiz, Hasanboy hal qiluvchi bellashuvda kubalik Xoanis Arxilagosga ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy bergan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!