Ibragimovich kelajagi haqida to‘xtalib o‘tdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Los-Anjeles Gelaksi” hujumchisi Zlatan Ibragimovich Amerika klubini Evropa jamoalaridan biriga almashtirmoqchi emas. Shvetsiyalik futbolchi hattoki, ijaraga ham rozi emas.

Mening “Los-Anjeles Gelaksi” bilan shartnomam bor, – deydi Ibragimovich. – Qishda men Evropa jamoasiga ijaraga ketishni istamayman. Bu kerak emas. Agar futbolchi klubga tegishli bo‘lsa, u bor e’tiborini ushbu jamoaga qaratishi darkor.

Ibragimovich bu mavsum barcha turnirlarda 34 o‘yin o‘tkazib, 23 gol va 7 golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!