
Ibrohimovichni kashf qilgan mutaxassis "MYu"ga zo‘r futbolchi topib berdi
O‘z vaqtida iqtidorini namoyon eta boshlagan Zlatan Ibrohimovich va Kristian Eriksenni kashf qilgan futbol skauti Jon Stin Olsen "Manchester Yunayted"ga yana bir iqtidorli to‘purarni olishni tavsiya qilmoqda.
"Manchester Yunayted" rahbarlarini qiziqtirib qo‘ygan futbolchi ayni paytda "Ayaks" asosiy tarkibida to‘p surmoqda. To‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan 19 yoshli Kasper Dolberg yaqin kelajakda superhujumchiga aylanishi kutilmoqda.
Asli daniyalik bo‘lgan Kasper Dolberg "Ayaks"ga 2015 yili qo‘shilgan. Joriy mavsumda yosh hujumchi "Ayaks" tarkibida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 11 ta gol kiritdi.
Fikrlar