Igor Sergeev: Yangi jamoaga kelmadim, "Paxtakor"ga qaytdim, ko‘nikish jarayoni bo‘lgani yo‘q

  • 4 oktabr, 2018, 08:08
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yaratganga shukur, ikkita gol urdim. Ko‘proq to‘p kiritishim ham mumkin edi. Birinchi bo‘lim qiyinroq kechdi. Hamisha katta tanaffusdan oldin o‘ynash og‘ir kechadi. Shunga doim e’tibor qilaman. Vaziyatlardan foydalandik. O‘yindan ijobiy taassurotlar qoldi.

Tecno

Yangi jamoaga kelganim yo‘q, shu sababli ko‘nikish jarayoni bo‘lgani yo‘q. Shunchaki "Paxtakor"ga, qadrdon joyimga qaytdim. O‘sha o‘yinchilar, o‘sha jamoa, klub. Ba’zi yangi futbolchilar bor.

Hozir birdan katta gapira olmayman. Lekin chempionlik uchun ham, kubok uchun ham borimizni beramiz. Boshqa jamoalarda maqsadlar qandayligini bilmayman, ammo "Paxtakor" oldiga doim ulkan vazifalar qo‘yiladi. Boshqa vazifaning o‘zi yo‘q", - dedi Sergeev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sulaymon Sobirov
04/10/2018 11:28
Paxtakor olg'a igor uchun xursandman