Igor Sergeev legionerga aylanmoqda (Foto)
"Paxtakor" klubi hujumchisi Igor Sergeev faoliyatini BAAda davom ettirishi mumkin. Bu haqda arab nashrlari xabar bermoqda.
Manbalarda yozilishicha, Igor Sergeev shu kunlarda “Paxtakor” rahbarlari bilan uchrashib, o‘z kelajagi borasida gaplashib oladi. Qolaversa, hujumchi qishki transferlar mavsumida jamoani o‘zgartirishi mumkinligi borasida ham kelishib oladi.

Ma’lumot o‘rnida, Igor Sergeevga BAA pro-ligasi klubi hisoblangan Abu Dabining "Al Dafra"si qiziqish bildirmoqda. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, Sergeev faoliyatini BAAda davom ettiradi.

Fikrlar