
Ikardi 100 ming evro jarimaga tortildi
Milanning "Inter" klubi forvardi Mauro Ikardi jamoa mashg‘ulotiga kech qolgani uchun 100 ming evro jarimaga tortildi.
Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Nainggolan ham xuddi shunday mashg‘ulotlarga kech qolgani sabab qattiq jazolangan edi. Aniqrog‘i, rahbariyat belgiyalik futbolchini ma’lum muddat jamoadan chetlatdi.
Ma’lumot uchun, Ikardi joriy mavsum “neradzurrilar” safida jami 16ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar