Ikardi “Inter”da maoshi oshirilishini istamoqda
“Inter” jamoasi hujumchisi Mauro Ikardi Milan klubi bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Calciomercato nashrining ma’lum qilishicha, “Inter” argentinalik futbolchiga yillik 6 million evroga teng shartnoma va qo‘shimcha bonuslar taklif qilmoqda. Biroq Ikardining turmush o‘rtog‘i va agenti Vanda Nara yillik maosh 7,5 million evro bo‘lishini istamoqda.
Ikardining amaldagi kelishuvi 2021 yilning yozigacha mo‘ljallangan. 25 yoshli hujumchi 2013 yili “Sampdoriya”dan 13 million evro evaziga “Inter”ga kelib qo‘shilgandi.

Fikrlar