Ikki nafar yakkakurashchimiz Nyu-Yorkda jang qiladi

CHERY AUTO

20 iyul kuni Nyu-York shahridagi mashhur “Medison Square Garden” arenasida kikboksing bo‘yicha “Glory 55” turniri bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Mazkur musobaqada ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Unda hamyurtimiz Zarruh Adashev amerikalik Geofrey Tenga qarshi ringga chiqadi. Bu sportchi professional ringlarda 3 ta jang o‘tkazib, 1 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan.

Zarruh Adashev

Ikkinchi jangda esa Avaz Azilov mart oyida MMAda faoliyatini boshlagan amerikalik Malik Bleykka qarshi jang qiladi. Bu sportchi shu vaqtga qadar bitta jang o‘tkazib, zafar quchgan.

Avaz Achilov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!