
Insine: "Napoli" Evropa ligasida g‘olib chiqmoqchi
"Napoli" forvardi Lorentso Insine jamoasining joriy mavsum Evropa ligasidagi maqsadi nima ekanligini aytib o‘tdi.
“Bizning maqsadimiz – Evropaning yirik sovrinlaridan birini qo‘lga kiritish. Buning uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz”, - deydi italiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, “Napoli” musobaqaning 1/8 finalida “Zaltsburg”ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Insine joriy mavsum “Napoli” safida jami 33ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 12ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar