
"Inter" Brozovich bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Milanning "Inter" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Martselo Brozovichga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda agar 25 yoshli xorvatiyalik futbolchi ushbu kelishuvni imzolasa, yiliga 3,5 million evro maosh olishi mumkin. Bundan tashqari shartnomada futbolchining tovon puli 550 million evro etib belgilanishi ham ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlash kerakki, uning “neradzurrilar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Brozovich joriy mavsum “Inter” safida jami 6ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol urishga erishdi.
Fikrlar