"Inter" Ikardiga qanday shart qo‘ymoqda?
Milanning "Inter" klubi o‘z etakchisi Mauro Ikardiga shart qo‘ydi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” 25 yoshli argentinalik futbolchi talab qilayotgandek uning maoshini yiliga 7 mln evroga oshirishga tayyor. Biroq, buning evaziga uning shartnomasida ko‘rsatilgan tovon pulini olib tashlash shartini qo‘yishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda tomonlar 2021 yilga qadar tuzilgan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar o‘tkazmoqishmoqda. Amaldagi shartnomaga ko‘ra Ikardining tovon puli 100 mln evroni tashkil etadi. “Inter” esa unga qiziqayotgan grand klublar ushbu pulni to‘lab uni sotib olishidan qo‘rqishmoqda.
Ma’lumot uchun, Ikardi “Inter” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 204ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 120ta gol urishga erishgan.
Ayni damda Ikardiga "Real", "Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublaridan jiddiy qiziqishlar mavjud.
Fikrlar