"Inter" Ikardini arzonroqqa bo‘lsa ham sotib yuborishi mumkin

  • 15.02.2019 18:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Milanning “Inter” klubi rahbariyati jamoa forvardi Mauro Ikardini sotib yuborish haqida o‘ylamoqda.

Corriere della Sera nashri tarqatgan xabarga ko‘ra argentinalik futbolchining klub rahbariyati bilan mojaroga borishi uning transfer narxiga ta’sir qilishi mumkin. Ta’kidlash lozimki, Ikardining shartnomasida uning tovon puli 110 mln evro etib belgilangan, ammo “neradzurrilar” uni 80-90 mln evro atrofiga sotib yuborishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Ikardi “Inter” bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayotgani sabab sardorlik bog‘ichidan ham mahrum etilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!