"Inter" Modrichni sotib ololmasa, Kovachichni ortga qaytarishga urunib ko‘radi

  • 31 dekabr, 2018, 22:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning “Inter” klubi “Real” yarim himoyachisi Mateo Kovachichni yana jamoaga qaytarishi mumkin.

Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra agar “neradzurrilar” “Real”dan Luka Modrichni sotib olisholmasa, u holda bor e’tiborlarini aynan Kovachichga qaratishadi. Eslatib o‘tish lozimki, Mateo 2013-2015 yillarda “Inter” sharafini himoya qilgan va shundan so‘ng 28 mln evro evaziga “qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tgan edi.

Kovachichi joriy mavsumni “Chelsi” safida ijara asosida o‘tkazmoqda. Ammo, londonliklarda uning transferini sotib olish huquqi mavjud emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!