"Inter" Samir Xandanovichga munosib o‘rinbosar topdi
Milanning “Inter” klubi darvozabon Samir Xandanovichga munosib o‘rinbosar topdi.
Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” bu borada "Atalanta" klubining posboni Perluiji Gollinani ko‘z ostilariga olib qo‘yishdi. Ta’kidlash lozimki, 23 yoshli futbolchining transfer bahosi 15 million evroga baholanmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda “Inter” skautlari A Seriyaning navbatdagi turida bo‘lib o‘tadigan aynan “Atalanta”ga qarshi bahsda Gollinani kuzatib borishadi.
Eslatib o‘tamiz, Gollina joriy mavsum “Atalanta” safida jami 11ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning 4tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar