"Inter" muxlislari Turindagi stadionda tartibsizlik qilishdi
Milanning “Inter” klubi ishqibozlari kecha A Seriyaning 15-turida “Yuventus”ga qarshi bo‘lib o‘tgan mehmondagi bahsda stadionda tartibsizliklar keltirib chiqarishdi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu holat milanlik bir guruh muxlislarning fan kartasi va chiptasidagi familiyalar bir-biriga mos kelmagani uchun mehmonlar sektoriga qo‘yilmagan va shundan so‘ng janjal kelib chiqqan. Bunga norozilik sifatida esa qolgan milanlik muxlislar stadion o‘rindiqlarini sindirib, hojatxonalardagi buyumlarga zarar etkazishgan.
Endi A Seriya tartib-intizom qo‘mitasi ushbu holat yuzasidan “neradzurrilar”ga keskin chora ko‘rishi mumkin.

Fikrlar