Isko: "Real"da mendan ham kuchli futbolchilar bor

26 yoshli xavbek ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan va 63-daqiqada gol kiritib, "qirollik klubi"ni mag‘lubiyatdan saqlab qolgan edi.

"Jamoada nafaqat men, balki mendan ham kuchli futbolchilar bor. Shu bois murabbiy shunday tarkib tanladi.

Oldinda hali katta va uzoq mavsum kutib turibdi. Biz bunga tayyor bo‘lishimiz kerak. Murabbiy maqsad uchun barcha futbolchilar muhim ahamiyatga ega ekanligini aytdi", - dedi Isko.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!