Isko faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Isko faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Goal.com tarqatgan xabargak ko‘ra 26 yoshli ispaniyalik futbolchiga “Liverpul”dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. O‘z navbatida “qirollik klubi” esa Iskoni kamida 70 mln evroga sotishni rejalashtirmoqda.
Qayd etish lozimki Isko bosh murabbiy Santyago Solari bilan kelisha olmayapti va ular o‘rtasida nizo kelib chiqqan. Xatto Isko so‘nggi uchrashuvlardan birida Solariga qo‘l uzatishni ham istamagan.
Ma’lumot uchun, Isko joriy mavsum “Real” safida jami 14ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar