Iskoga 4 ta grand klubdan qiziqishlar mavjud
Tez orada "Real"dan ketmoqchi bo‘lib yurgan yarim himoyachi Iskoga bir qator grand klublardan takliflar bo‘lmoqda.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Arsenal", "Napoli", "Milan" va "Yuventus" klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Ushbu jamoalar Iskoni o‘z saflariga qo‘shib olishga tayyor. Biroq, ular uning uchun “qirollik klubi”ga 50 mln evrodan ortiq to‘lashmoqchi emas. O‘z navbatida “Real” esa Iskoni kamida 70 million evroga sotmoqchi.
Ma’lumot uchun, Isko joriy mavsum 13ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar