
Ispaniya Kubogida kutilmagan natijalar qayd etildi
Ispaniya Kubogi 1/16 final dastlabki uchrashuvlaridan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Unda kutilmagan natijalar qayd etildi.
Jumladan, "Atletiko Madrid" safarda ikkinchi tarkibi bilan o‘ynadi va "Elche" ustidan zafar qucha olmadi — 1:1. Xuddi shunday natijani "Atletik" jamoasi quyi divizion vakili "Formentera" bilan qayd etdi.
Quyida qolgan o‘yinlar natijalari bilan ham tanishing.
Ispaniya Kubogi, 1/16 final
Dastlabki uchrashuvlar
Formentera – Atletik 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 60 Fernando Linyan, 1:1 – 63 Raul Garsiya.
Ogohlantirishlar: Fernandes (51), Echeyta (56), Tejera (76), Gabriel (81), Romero (90).
Valyadolid – Leganes 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 46 Riko, 1:1 – 52 Kotan, 1:2 – 88 Bovyu.
Ogohlantirishlar: Riko (28), Moran (36), Munos (76), Brashanats (78).
Ponferradina – Vilyarreal 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 37 Sidoncha.
Ogohlantirishlar: Garsiya (45), Fonseka (57), Moreno (90), Soriano (90).
Eybar – Selta 1:2 (1:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 4 Kabral, 1:1 – 18 Enrik, 1:2 – 44 Gvidetti.
Ogohlantirishlar: Paulu Oliveyra (3), Lomban (16), Sarregi (25).
Elche – Atletiko 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 17 Parti, 1:1 – 52, penalti Lolo.
Ogohlantirishlar: Gonsalo (54), Benito (56), Golobart (67), Saul (75).
Fikrlar