Ispaniya kubogi. "Levante" o‘z maydonida "Lugo"ni taslim etdi
Bundan biroz avval Ispaniya kubogining 1/16 final bosqichida “Levante” o‘z maydonida “Lugo”ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi gollarga Xorxe Koke va Rafael Dvamenlar mualliflik qilishdi.
"Levante" - "Lugo" - 2:0.
Gollar: Koke, 80 - 1:0, Dvamena, 90+3 - 2:0.
"Levante": Fernandes, Luna, Koke, Kabako, Per, Prtsich, Vukchevich (Kampanya, 70), Saymon (Rochina, 79), Boateng (Xason, 65), Mayoral, Dvamena.
Fikrlar