
Istomin Chendudagi muvaffaqiyatdan so‘ng qancha mukofot puli oldi?
Bundan biroz oldin Xitoyning Chenduda shahridagi turnirda hamyurtimiz Denis Istomin g‘olib bo‘lganligi haqida xabar bergan edik.
Bugungu muvaffaqiyatdan so‘ng, O‘zbekistonning birinchi raketkasi g‘oliblik uchun 183 435 AQSh dollar miqdoridagi mukofot puliga ega chiqdi.
Bundan tashqari, tennischimizga ATR reytingi uchun 250 ochko taqdim etildi.
Eslatib o‘tamiz, bundan biroz oldin, Istomin finalda kiprlik Markos Bogdatisga qarshi kortga chiqib, 5-geymdan so‘ng raqibining o‘yinni davom ettira olmasligi bois, g‘olib chiqqani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar