
Ivanovich premer-ligada qolishi mumkin, ammo....
Mavsum so‘nggida “Chelsi” bilan shartnomasi yakuniga etadigan Branislav Ivanovich kelgusi faoliyatini yana premer-ligada davom ettirishi mumkin.
Daily Express nashrining xabar berishicha serbiyalik tajribali himoyachining xizmatlariga “Everton” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ta’kidlash kerakki Ivanovich mersisaydliklar safini tark etishi kutilayotgan Fil Jagelkaning o‘rnini egallashi mumkin. O‘z navbatida londonliklar ham 32 yoshli futbolchi bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Ivanovich ushbu mavsum “Chelsi” safida premer-ligada 13ta uchrashuvda maydongu tushgan va shularning bor yo‘g‘i 6tasida o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan. Ayni damda futbolchining transferi 8,5 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar