
Ixtiyor Navruzov saralash bosqichida mag‘lub bo‘ldi, Bekzod Abdurahmonovda g‘alaba
Frantsiya poytaxti Parij shahrida sport kurashlari bo‘yicha Jahon chempionati davom etmoqda.
Ayni paytda kunning dastlabki natijalari ma’lum bo‘ldi. Xususan, -70 kg vazn toifasida Ixtiyor Navruzov italiyalik Frank Markesga 5:9 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, -74 kg vazn toifasida Bekzod Abdurahmonov gruziyalik jumber Kvelashvilini 10:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib nimchorak final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi hamyurtimizga chorak final oldidan germaniyalik Osman Chakichi raqiblik qiladi.
Qayd etish lozim, -97 kg vazn toifasidagi sportchimiz Magomed Ibragimov o‘z ishtirokini nimchorak final bosqichidan boshlaydi va unga ozarbayjonlik Aslanbek Alborov raqiblik qiladi.
Fikrlar