Izohga til ojiz: “Atletiko” hayratga tushdi

  • 4 sentabr, 2018, 07:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Atletiko” jamoasi Antuan Grizmanning FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlik qilmasligidan shokka tushdi. Mazkur nomga Muhammad Saloh, Krishtianu Ronaldu va Luka Modrich kurashadigan bo‘ldi.

Tecno

“Izohga til ojiz”, – deb yozdi “Atletiko” matbuot xizmati “Instagram”dagi sahifasiga va futbolchining kuboklar bilan tushgan suratini yukladi.

Eslatib o‘tamiz, “Atletiko” o‘tgan mavsumda Evropa Ligasi g‘olibiga aylandi. Frantsiyalik futbolchi ushbu musobaqaning 8 o‘yinida maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.  Yozda esa Grizmann Frantsiya termasi safida Jahon chempioni unvoniga ega bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!