JCh-2018: Belgiya Yaponiyani musobaqadan chiqarib yubordi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiya yashil maydonlarida o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi nimchorak final ishtirokchisi aniqlandi.

Dramatik tarzda kechgan uchrashuvda Belgiya terma jamoasi irodali o‘yin namoyish qilib, Yaponiya ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Evropaliklar o‘yinda ikkita to‘p farqi bilan ortda borayotganiga qaramasdan yakunda uchta gol urishga erishdi.

JCh-2018
02.03.2018

Belgiya – Yaponiya – 3:2

Gollar: 0:1 – 48 Xaraguti, 0:2 – 52 Inui, 1:2 – 69 Vertongen, 2:2 – 74 Fellayni, 3:2 – 90 Shadli.

Belgiya: Kurtua, Alderveyreld, Kompani, Vertongen, Mene, de Bryuyne, Vittsel, Ferreyra Karrasko (Shadli, 65), Mertens (Fellayni, 65), Azar, Lukaku.

Yaponiya: Kavasima, Sakai, Yosida, Sedzi, Nagatomo, Xasebe, Sibasaki (Yamaguti, 81), Xaraguti (Xonda, 81), Kagava, Inui, Osako.

Ogohlantirishlar: Sibasaki (40).

Shunday qilib, Belgiya terma jamoasi chorak finalda Meeksikani turnir bilan xayrlashishga majbur qilgan Braziliya bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!