JCh-2018 yulduzi Mina nega “Barselona”da o‘zini ko‘rsata olmadi?

  • 10 iyul, 2018, 20:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

23 yoshli himoyachi ispan jamoasiga kelib qo‘shilganidan keyin kamroq foydasi tekkan bo‘lsada, Rossiya yashil maydonlarida u haqiqiy yulduzlardan biriga aylandi. “Barselona”da o‘z o‘rniga ega bo‘lishga qiynalayotgan Yerri Mina nega mundialda porlamoqda? Quyida bu savolga javobi qidirib ko‘ramiz.

Tecno

Kataloniyaliklar Yerri Minani yanvarda “Palmeyras”dan 11.8 million evro evaziga sotib olgandi, ammo Janubiy amerikalik himoyachi katalon giganti safida yo‘qolib qoldi.

Shunga qaramay, 23 yoshli himoyachi jahon chempionatida o‘zini har tomonlama ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, Polsha ustidan 3-0 hisobida qozonilgan g‘alabada o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish qildi. U raqibning eng xavfli vakili Robert Levandovskining hujumlarini yo‘qqa chiqardi.

Mina

Uning o‘tgan mavsumda “Barselona” safida atigi 377 daqiqa o‘ynaganiga qaramay, Kolumbiya bilan Rossiyaga etib kelish baxtiga musharraf bo‘ldi. Kataloniyada Ernesto Valverde Minani ko‘proq o‘ynatishga tavakkal qilishdan qo‘rqdi, boz ustiga himoya chizig‘i ham ancha ishonchlik harakat qilayotgandi.

Minaning novcha bo‘yi esa uning tezkor emasligidan dalolat beradi va bu faol himoyachilar bilan o‘ynaydigan “Barselona”ning uslubiga ham biroz to‘g‘ri kelmaydi.

Ko‘rinib turibdiki, Valverde yosh himoyachini o‘ynatish istagida yonayotgani yo‘q. “Ko‘k-anorranglilar” bosh murabbiyi “Sevilya”dan Kleman Langleni olib kelish niyatida yuribdi. Langle klubda Jerar Pike, Samyuel Umtiti va Tomas Vermalenga kuchli raqobatchilik qila oladi.

Boz ustiga braziliyalik Artur Meloning kelishi klub o‘zining Evropa Ittifoqi fuqarosi bo‘lmagan vakillarini ijaraga yoki sotib yuborishga majbur bo‘ladi. Shu tariqa Artur Filippe Koutino va Paulino bilan birga kvotada belgilangan o‘rinni egallashadi.

noticia-mina (1)

Afsuski Mina klubga olti oy avval kelganiga qaramay, sotib yuborilsa kerak. Futbolchining o‘zi “Barselona”da qolish niyatida va uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi, ammo unga “Nou Kamp”da o‘ynash imkoniyati berilmasidan ijaraga berib yuborilishi ham mumkin.

O‘tgan safargi mundialda Xames o‘zini ko‘rsatib “Real Madrid”ga yo‘l olganidek, Mina terma jamoasi safida ko‘rsatgan o‘yinlari evaziga boshqa grand safiga o‘tish baxtiga muyassar bo‘lishi mumkin.

Minaning Polshaga qarshi o‘yini bu jihatdan uning reytingini ancha oshirgan bo‘ladi. U gol urib, toza o‘yin o‘tkazdi, shuningdek yakkakurashlarning 66.7 % da g‘olib chiqdi. Bu qolgan barcha futbolchilarning ko‘rsatkichidan ancha yaxshi.

“Barselona” bosh menejeri Pep Segura uni muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun ikki yillik ijara variantini ko‘rib chiqayotganini aytgandi. “Fenerbahche” bu vaziyatdan foydalanib qolishga jon-jahti bilan tirishmoqda, biroq vaziyatga “Borussiya Dortmund” aralashgach, voqealar rivoji o‘zgarib ketishi mumkin.

Mina ehtimol “Barselona” okeanida “kichik baliqcha”dir, ammo bo‘ydor himoyachi hali 23 yoshda va bir kun kelib uni tanlashmaganiga barchani pushaymon qildirishi mumkin. Uning terma jamoadagi ustozi Xose Pekermen Minaning davri endi kelishiga ishonadi:

Aytishim mumkinki, u “Barselona” bilan qiyin mavsumni o‘tkazdi” – dedi Pekermen Levantedan uchralgan 5-4 hisobidagi mag‘lubiyatni nazarda tutarkan.

O‘yin osondek ko‘rinadi, ammo unday emas. “Barselona” allaqachon La Ligani yutib bo‘lgan va bosim mavsumni mag‘lubiyatsiz tugata olishlariga qaratilgandi. U o‘sha o‘yinda yaxshi o‘ynay olmadi.”

“U biz kutgan darajada o‘ynay olmadi. O‘ylashimcha unga butun jamoaning nursiz o‘yini ta’sir qildi. U klubning, muxlislariga qo‘llab-quvvatloviga muhtoj. U klubga moslashishi kerak. Shundagina u terma jamoadagi saviyasidek o‘yin ko‘rsata oladi. Men ishonaman, Yerri buyuk ishlarni bajaradi.”

Kolumbiyalik muxlislar esa Minaning Jahon Chempionatidagi ishtiroki yuqori notada davom etishiga umid qilmoqda. Bundan albatta “Barselona” ham yutadi. So‘nggi olti oyda hech nima qila olmagan himoyachining reytingi yana yuqorilashi aniq.

Erkin G‘aybullaev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!