
Jahon chempionati: Hisobda ikki bor oldinda borgan ruslar baribir AQShga yutqazdi
Kanadada 20 yoshgacha xokkeychilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatining birinchi yarim finalida Rossiya va AQSh terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
O‘yin Rossiya xokkeychilari uchun omadli boshladi. Kirill Kaprizova va Denis Guryanov raqib darvozasini ishg‘ol qilib, o‘z jamoasi ikki bor hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq, amerikaliklardan Uayt va Kanin hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Keyin Uayt AQShni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, uchinchi bo‘limja Guryanov hisobdagi farqni yo‘qqa chiqardi.
Yarim final uchrashuvining asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlandi. G‘olib bullitlar seriyasida aniqlandi. Unda Troya Terrining aniq zarbasi amerikaliklarga g‘alaba keltirdi.

AQSh terma jamoasining finaldagi raqibi Kanada va Shvetsiya uchrashuvida aniqlanadi.
Fikrlar