Jahon chempionatini kuchli uchlikda yakunlagan og‘ir atletikachilarimiz yurtimizga qachon qaytishlari ma’lum bo‘ldi

BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, 25 noyabr ­– 5 dekabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Anaxaym shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazildi.

Ushbu musobaqada hamyurtlarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan holda, umumjamoa 54 ta mamlakat vakillari orasida Eron va Koreya Respublikasi terma jamoalaridan so‘ng faxrli uchinchi o‘rinni band etishdi.

SPORTS.uz internet axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston og‘ir atletikasi tarixida ilk marobata bunday natijani qayd etgan vakillarimiz 8 dekabr kuni poytaxtimizga kelib qo‘nishadi.

Ma’lumot o‘rnida,Jahon chempionatida ishtirok etgan hamyurtlarimizdan Doston Yoqubov oltin, Farhod Sobirov kumush,  Ivan Efremov 1 ta kumush va bronza medalni vo‘lga kiritgan bo‘lsa, yosh polvonlarimizdan Adhamjon Ergashev bronza medalini o‘z nomiga rasmiylashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!