Janubiy Koreya - O‘zbekiston uchrashuvida VAR tizimidan foydalaniladi
O‘yin «Queensland Sport and Athletics Centre» stadionida bo‘lib o‘tadi va mahalliy vaqt bilan soat 20:00da (Toshkent vaqti bilan 15:00) boshlanadi.
Uchrashuvni Kris Bit boshchiligidagi avstraliyalik hakamlar guruhi boshqarib borishadi. Referi assistentlari - Eshli Bichem va Anton Shetinin. To‘rtinchi hakam - Piter Grin. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar berib o‘tdi.
Yana bir muhim ma’lumot: O‘zbekiston - Janubiy Koreya o‘rtoqlik uchrashuvida VAR tizimi ishlaydi. VAR bo‘yicha hakam Jarred Gillet, assistent - Richard Naumovski.

Fikrlar