
Jardim APL klubida ish boshlashi mumkin
Angliyaning "Lester" klubi yaqindagina “Monako”dan iste’foga chiqarilgan portugaliyalik mutaxassis Leonardu Jardimning xizmatlariga qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Le 10 Sport nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “tulkilar” rahbariyati Jardimni jamoa bosh murabbiyi Klod Pyuelning o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda. Ta’kidlash kerakki, “Lester” APLning o‘tgan 9ta turidan so‘ng musobaqa jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar