
Jardim diskvalifikatsiya qilindi
"Monako" klubi bosh murabbiyi Leonardu Jardim Frantsiya chempionatining "Monpele"ga (2:2) qarshi bahsida amalga oshirgan xatti-harakatlari uchun jazolandi.
Unga ko‘ra portugaliyalik mutaxassis “Monako” futbolchisi Jemerson maydondan chetlatilgan vaziyatda hakamning qaroriga nisbatan norozilik bildirgani uchun 1ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Endi jardim 24 fevral kuni “Lion”ga qarshi bo‘ladigan muhim uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar