
Jardim yana Frantsiyaga qaytishi mumkin
"Monako" klubi sobiq bosh murabbiyi Leonardu Jardim yana Frantsiya chempionatiga qaytishi mumkin.
L'Equipe tarqatgan xabarga qaraganda portugaliyalik mutaxassisga "Lion" klubidan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Ayni damda jamoa rahbariyati bosh murabbiyi Bryuno Jenezioning ishidan qoniqish xosil qilmayapti.
Ma’lumot uchun, “Lion” ayni damda ortda qolgan 21ta tur yakunlariga ko‘ra 37 ochko bilan musobaqada jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Jardimga Angliyaning “Lester” klubidan ham qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar