"Jirona" "Barselona" bilan AQShda o‘ynashga rozi bo‘ldi

  • 07.09.2018 13:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Jirona" klubi Ispaniya La Ligasining 21-turidan o‘rin olgan "Barselona"ga qarshi o‘yinni AQShda o‘tkazilishiga rozi bo‘ldi.

Ta’kidlash kerakki, ushbu bahs 27 yanvar kuni AQShning Mayami shahrida bo‘lib o‘tadi va ushbu uchrashuv xorij mamlakatida o‘tkazilgan tarixdagi ilk La Liga uchrashuvi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, dastlab chempionat ishtirokchilari La Liganing ushu qaroriga norozilik bildirishayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!