Jiru 17 yillik noxush an’anaga barham berdi

  • 3 iyun, 2017, 09:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya termasi o‘rtoqlik o‘yinida Paragvayni “tekislab o‘tgani” haqida ma’lumot bergan edik. O‘sha bahsda “xet-trik”ka erishgan Olive Jiru Frantsiya terma jamoasining 17 yillik noxush an’anasiga barham berdi.

Tecno

Gap shundaki, so‘nggi bor Frantsiya termasi futbolchilari 2000 yilning 16 avgustida “xet-trik” qayd etishgan edi. O‘shanda, FIFA yulduzlari termasiga qarshi o‘yinda David Trezege tarkibida Xidetoshi Nakata, Karlos Dunga va Roberto Badjo singari futbolchilarga ega bo‘lgan jamoa darvozasiga 3 ta to‘p kiritishning uddasidan chiqqan edi. Yakunda hisob 5:1 ko‘rinishini olgan.

Undan oldingi “xet-trik” esa 1985 yilning 30 oktyabrida “PSJ” futbolchisi Dominik Roshto tomonidan qayd etilgan. O‘shanda, “uchranglilar” 1986 yilgi mundial saralashida Lyuksemburg termasini 6:0 hisobida mag‘lub etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!