Jit Kun Do bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida sportchilarimiz 12 ta oltin medalini qo‘lga kiritishdi

CHERY AUTO

Joriy yilning 12-22 mart kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida Jit Kun Do bo‘yicha jahon chempionati musobaqasi o‘tkazildi.

Butunjahon o‘yinlari, III xalqaro tay va sharq yakkakurashlarida 57 davlat jamoalari ishtirok etgan bo‘lsa, Jit Kun Do bo‘yicha bellashuvlarda 12 davlat – O‘zbekiston, Qozog‘iston, AQSh, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Braziliya, Livan, Pokiston, Hindiston, Shri-Lanka, Tailanddan jamoalar qatnashdi.

Mazkur dunyo birinchiligida O‘zbekiston sharafini 13 nafar sportchimiz munosib himoya qilib, 12 oltin, 1 kumush va 1 bronza medalini qo‘lga kiritishdi va umumjamoa hisobida Hindistondan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallashdi. Kuchli uchlikka esa Shri-lanka vakillari yakun yasashdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvlarda Zuhur Mansurov, Abdusalom Ahmedov, Shohjahon Isroilov, Bobakand Karomatov, Diyorbek Botirov, Azizbek Hakimbaev, Furqat Aktamov oltin va Samandar Murodjonov bronza medalini qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, qizlar musobaqasida Zuhra Tursunboeva, Nodiraxon Qo‘chqorova, Latifa Rahimova, Karina Hakimova birinchi va Gulshoda Xoliqulova ikkinchi o‘rinni egallashdi.

Shuningdek, Latifa Rahimova namunali chiqishda ham eng yaxshi natija bilan AQSh, Hindiston va Shri-lankalik raqibalarini dog‘da qoldirdi va terma jamoamiz hisobiga 12-oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

– Musobaqa juda ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Dunyoning turli hududlaridan eng kulchi sportchilar tashrif buyurishdi. Mazkur jahon chempionatiga terma jamoamiz bilan astoyidl tayyorgarlik ko‘rgan edik va uzoq vaqt mehnat qildik. Bu o‘z natijasini berdi. Musobaqa davomida men bir narsaga shaxsan guvoh bo‘ldim. Deyarli barcha sportchilar bizdan qo‘rqishayotgani sezilib turdi. Bellashuv oldidan ularning yuzlarida qo‘rquv va hadis yaqqol selib turdi va hattoki, ba’zilari oldimizga kelib, qaerdan ekanligimizni so‘rab ketishdi, – deydi oltin medal sohibi Azizbek Hakimbaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!