Jokovich “dubulg‘alar ustasi”ga aylanmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahonning to‘rtinchi  raketkasi Novak Jokovich bugun “Katta dubulg‘a” turkumiga kiradigan  Uimbldon turniri birinchi davrasida slovakiyalik Martin Klinjan bilan bahs yuritdi. Birinchi setni 6:2 hisobida o‘z foydasiga xal etgan Jokovich ikkinchi setda 2:0 hisobida oldinda borayotganida raqib o‘yinni davom ettira olmasligini ma’lum qildi va Novak ikkinchi davraga yo‘l oladigan bo‘ldi.

E’tiborli jihati, ushbu g‘alaba serbiyalik tennischining faoliyatida “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirlarda qo‘lga kiritgan 234-g‘alabasi bo‘ldi va bu borada Jimmi Konnorsni ortda qoldirdi va ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Endilikda Jokovich bu borada faqatgina shveysariyalik Rodjer Federerdan ortda qolmoqda. Federer “dubulg‘a”larda 314 o‘yinda g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!